Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

22 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 31 dekabr kuni afv etiladi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, mansab vakolatini suiiste’mol qilgani uchun qamoq jazosini o‘tayotgan Pak Kin Xe 31 dekabrdan boshlab avf etiladi, deb xabar qildi mamlakat Adliya vazirligi.

“Hukumat 2022 yil arafasida 3094 kishini, jumladan, sobiq prezidentni afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Fuqarolarni birlashtirish maqsadida uzoq muddatli qamoq jasoni o‘tayotgan sobiq prezident Pak Kin Xe afv etilsin va huquqlari tiklansin”, - deyiladi departament bayonotida.

“Gumanitar nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, avf etiladiganlar orasida keksalar yoki og‘ir bemorlar bor”, — dedi bosh vazir Kim Bu Gyom yig‘ilishda. Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy afv etish fuqarolarni Yangi yil oldidan va davom etayotgan koronavirus pandemiyasining og‘ir sharoitlarida birlashtirishi kerak.

«Ryongxap» agentligi xabariga ko‘ra, Pak Kin Xe ham bu yil uch marta kasalxonaga yotqizilgan. Taxminlarga ko‘ra, uning bemorligi afv etilishiga sabab bo‘lgan.

Pak Kin Xe 2017 yilning mart oyida mansab vakolatini suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikda ayblanib lavozimidan chetlashtirilgan edi. U dugonasi Chxve Sun Sil bilan til biriktirganlikda – Samsung va Lotte kabi yirik korporatsiyalarni Sun Sil nazorati ostidagi fondlarga 77,4 milliard von xayriya qilishga majburlaganlikda ayblangan. Shuningdek, sobiq prezident va uning yordamchilari mamlakat Milliy razvedka xizmatining uch sobiq rahbaridan 3,5 milliard von olganligi aniqlandi.

2018 yilda Pak Kin Xe 30 yillik qamoq va taxminan 17 million dollar jarimaga tortilgan edi. 2019 yilda Oliy sud qayta ko‘rib chiqish uchun ishni qaytardi, shundan so‘ng 2020 yil iyul oyida Seul Oliy sudi sobiq prezident o‘z jinoyatlaridan “kamroq shaxsiy manfaat ko‘rganini” hisobga olib, qamoq jazosini 20 yilga qisqartirdi va uning korporatsiyalar bilan uyushtirgan tovlamachilik haqidagi da’volarini bekor qildi. 2021 yil yanvarida Janubiy Koreya Oliy sudi nihoyat sobiq prezidentga 20 yillik muddatni ma’qulladi. Pak Kin Xe, shuningdek, 180 milliard von jarima va 35 milliard von tovon puli to‘lashi kerak.

Sobiq prezident 2018 yilda o‘sha paytdagi hukmron «Senuri» konservativ partiyasi nomzodini ko‘rsatish jarayoniga noqonuniy aralashgani uchun berilgan ikki yillik qamoq jazosini qo‘shib, 22 yil qamoqda o‘tirishi kerak edi. U to‘rt yilu to‘qqiz oy o‘tirdi.

Shuningdek, joriy afv ostida Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri va birinchi ayol bosh vazir Xan Myon Suk qayta tiklandi. 2015 yil avgustida u 900 million von (hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 757 ming dollar) miqdoridagi xayriyalarni o‘zlashtirganlikda aybdor deb topildi va ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi, o‘n yilga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlandi. U Koreya Respublikasining qamoq jazosiga hukm qilingan birinchi sobiq bosh vaziri bo‘ldi. Ayni paytda u ikki yillik qamoq muddatini o‘tab reabilitatsiya qilinishi arafasida.