Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.

23 mart kunidan viloyat markazida jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi;

25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (223 ming so‘m) miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari (669 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Hurmatli fuqarolar o‘rnatilgan tartiblarga rioya qiling. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!