Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2,5 tonna paxta tergan terimchiga “Nexia-3” sovg‘a qilindi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Navoiy massivi, Bobur mahallasida “Kelajak sadoqati” fermer xo‘jaligida mehnat qilayotgan paxta terimchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda hokim terimchilarga esdalik sovg‘alari ulashib, eng faol terimchilar uchun kir yuvish mashinasi, muzlatkich va dazmol sovg‘a qildi.

Eng ilg‘or terimchi deb topilgan Iroda Karimovaga viloyat hokimining sovg‘asi – “Nexia-3” rusumli avtomashinasi topshirildi.

Iroda Karimova yig‘im-terim mavsumining 4 kunida turmush o‘rtog‘i bilan davlatga 2,5 tonna paxta terib topshirgan.