Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

26 yoshli juvon o‘z otasini pichoq bilan jarohatladi

Joriy yilning 19 iyul kuni soat 20:30 larda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.M. ismli ayol uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan otasi 50 yoshli Sh.Yu.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Sh.Yu. kasalxonaga yotqizilib, Sh.M. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.