Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

28 yoshli qamashilik yigit pochchasini o‘roq bilan jarohatladi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida noxush voqea yuz berdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 avgust kuni soat 21:00 larda “Boburtepa” MFYda yashovchi 29 yoshli B.Ch. uyida o‘zaro janjal oqibatida “Pastol” qishloqda yashovchi pochchasi 38 yoshli E.R.ning boshiga o‘roq bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada E.R. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.Ch. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.