Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

3,4 mingdan ziyod maktab dezinfeksiya qilindi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida joylarda mutaxassislar tomonidan dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunga kelib, 3,4 mingdan ziyod maktabda dezinfeksiyalash tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Hozirgi paytda xalq ta’limi tizimidagi boshqa maktablarda ham dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.