Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

4-5 oktyabr kunlari Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonda bo‘ladi

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida onlayn qatnashib, bir qator muhim masalalarni, xususan, 4-5 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifiga oid tayyorgarlik bo‘yicha hisobotni eshitdi. Bu haqda “Turkmenistan Segodnya” davlat nashri xabar qildi.

Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri R.Meredov tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot bergan.

Gurbanguli Berdimuhamedov ikkala qo‘shni davlatlarning barcha jabhalarda samarali munosabatlarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini mamnuniyat bilan qayd etib, bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziriga bo‘lajak rasmiy tashrifiga yuqori tashkiliy tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Tashrif davomida yuqori darajadagi turli tadbirlar, xususan, turkman-o‘zbek iqtisodiy forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlari oxirgi marta avgust oyida uchrashgan. Shavkat Mirziyoyev 5-6 avgust kunlari “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida qatnashgandi.