Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari 4 yilda uchta diplom oladi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetining rivojlantirish va strategik masalalar bo‘yicha birinchi prorektori A.Akbarov Qozog‘istonning Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda qatnashdi.

Anjuman doirasida Putra universiteti (Malayziya) bilan hamkorlikda qo‘shma IT fakultet tashkil qilish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Ushbu fakultet turizm sohasida yangi axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning muhimligi va dolzarbligini anglagan ikki tomon rahbarlarining qarori bilan tashkil qilindi.

Anjumanda Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasasi sanalgan Silkway International University (Qozog‘iston), Middle East University (Iordaniya) va University Putra Malaysia (Malayziya) universitetlari bilan hamkorlikdagi TRIPLE DEGREE dasturi imzolandi.

Ushbu kelishuv universitet talabalariga to‘rt yil ichida biratula uchta bakalavr diplomi va ma’lum mutaxassislik bo‘yicha professional sertifikat olish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasiga yechim bo‘ladi.
A.Akbarov ushbu kelishuv “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini dunyoga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

Nargiza ABDUVOHIDOVA.