Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

50 ming dollar evaziga oltin kukunini sotmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi

Mazkur guruh haqda Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki nafar fuqarolar ma’lum qilgan.

Ularning arizasida Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar ularning ishonchiga kirib, 50 ming AQSh dollari evaziga 11,5 kg. oltin kukunini sotishini va Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganligini ma’lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqand tumanida hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 6 nafar shaxslar ariza mualliflariga 11,575 kg. oltin kukunini 50 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Viloyat IIB xabar (https://t.me/samiibuz/17890)iga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.