Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

6-sinf o‘quvchisiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan maktab direktoriga ma’muriy jazo tayinlandi

Kuni kecha telegram messenjeridagi kanallar orqali “Chinoz tumani 19-ta’lim maktabi direktori 6-sinf o‘quvchisini ayamasdan kaltakladi” nomi bilan video xabar tarqalgan edi.

Ushbu holat Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan O.R. haqiqatdan ham Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-“a” sinf o‘quvchisi.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni o‘quvchilar sinf xonada o‘tirgan vaqtida maktab direktori Sh.X. sinfxonaga kirib, texnologiya fani o‘qituvchisi yo‘qligi sababli o‘rniga shu soatda matematika darsi bo‘lishini aytgan. Shunda o‘quvchi O.R. nima sababdan texnologiya darsi bo‘lmasligini qo‘pol ravishda, baland ovoz bilan so‘ragan. Barcha o‘quvchilar oldida maktab direktoriga nisbatan qo‘pol muomala qilganligi uchun maktab direktori o‘quvchi bilan alohida gaplashib olish maqsadida uni qo‘lidan ushlab, boshqa xonaga olib kirgan va undan tushuntirish xati olgan.

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi O.R.ga olgan tan jarohatlari yuzasidan, sudga oid tibbiy ekspertiza tayyorlangan. 2019 yil 11 oktyabrdagi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan O.R.ga sog‘liqning qisqa muddat buzilishiga sabab bo‘lmagan “yengil” tan jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro Sh.X.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga asosan javobgarlik belgilangan.

Hozirda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar