6 ta tutun halqa uchun million dollar, jasad kuli bilan o‘t otish va boshqa g‘alati vasiyatnomalar

Dunyoda o‘zining nomaqbul injiqliklari sababli sevimli mushuklari va itlari uchun misli ko‘rilmagan boylik qoldirib, murakkab vasiyatnomalar qoldirgan g‘alati insonlar ham bo‘lgan. Qizig‘i, ba’zilarining orttirgan pullari qanchalik ko‘p bo‘lsa, tasavvurlari ham hiyla-nayrangga boy edi: biri jasad kulini to‘pga ortib, ot ochishni orzu qilgan, boshqasi o‘z tug‘ilgan kunini sovg‘a qilishga qaror qildi.
Irodadagi g‘ayrioddiyliklar: ayollarga qarshi
Benjamin Franklin boy odam edi, u o‘z qiziga Lyudovik XVI ning 408 ta olmos o‘rnatilgan qimmatbaho miniatyurasini meros qilib qoldirdi. Shart shunday ediki, qizi bu olmoslarni chiqarib olib, ulardan zargarlik buyumlari yasashga haqli emas edi. XVIII asrning eng nufuzli shaxslaridan biri qizi shu tarzda zargarlik buyumlariga berilib ketmasligini xohlagandi. Ammo qizi boshqacha harakat qildi - u kartinani sotib yubordi, shundan so‘ng Angliyaga jo‘nab ketdi.
***
1930 yillarda vafot etgan Ayova shtatidagi advokat ayollarni yoqtirmasdi. Ular unga nima qilgani noaniq, lekin o‘z vasiyatnomasida u "ayollarsiz" kutubxona qurish uchun 49 ming 995 dollar qoldirgan. Ya’ni, bu kutubxonada muallifi ayol bo‘lgan birorta kitob bo‘lmasligi kerak, ayol xodim ishlamaydi, tashrif buyura olmaydi va umuman, uning qo‘li hech narsaga tegmaydi. 50 minggacha yetmay turgan 5 dollarni u qiziga vasiyat qildi, lekin xotiniga bir syent ham qoldirmadi. Kutubxona qurilmadi! Xotini va qizi vasiyatnomaga qarshi norozilik bildirdi va sudda g‘alaba qozondi.
Ijodiy kasb egalarining vasiyatnomalari
Ijod ahlining o‘zi birmuncha g‘ayrioddiy shaxslardir, shuning uchun ularning g‘alati qarorlar qabul qilishi ham ajablanarli emas. Masalan, aktyor Charli Chaplin ijodiy faoliyati davomida katta pul ishlab topdi. Aftidan, u o‘zining komediyachi imijini saqlab qolishga qaror qilgan va ma’lum bir shartlarni bajargan har bir kishiga undan 1 million dollar tegishi mumkin bo‘lgan vasiyatnoma qoldirgan. Millionni olmoqchi bo‘lgan kishi 6 ta tutun halqasini chiqarib, yettinchisini uni ichidan o‘tkazib yuborishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, shu kungacha hali hech kim bu shartni bajarganicha yo‘q. Buni uddasidan chiqish uchun odam yo ashaddiy chekuvchi yoki o‘ta mahorat egasi bo‘lishi kerak...
***
Kunlarning birida yozuvchi Hanter Tompson marhumni xotirlash o‘rniga ziyofat o‘tkazib, unda marhumning jasad kulini to‘pdan otishsa yomon bo‘lmasligi haqida gapirib qoldi. Vasiyat qoldirmasdan o‘z joniga qasd qilgani bois, uning so‘zlari marhum vasiyatnomasi sifatida qabul qilindi. Eng yaqin do‘sti, aktyor Jonni Depp uning so‘nggi irodasini uyushtirdi. U yuk ko‘taradigan kran orqali zambarak to‘pini 46 metrga ko‘tardi, keyin quyosh botishiga qarab undan o‘t ochdi.
Yozuvchi Robert Lui Stivenson 13 noyabr - o‘zining tug‘ilgan kunini do‘stining qiziga meros qilib qoldirdi. Gap shundaki, qizaloq Rojdestvo bayrami kunida tug‘ilgan edi, shuning uchun u har doim ikkita o‘rniga bitta sovg‘a olishiga to‘g‘ri kelgan. Qiz butun umri davomida xafa bo‘lib yurmasligi va u har yili nishonlashi uchun Stivenson o‘zining tug‘ilgan kunini unga vasiyat qilib qoldirdi.
Sud buni qonuniy deb tan olmadi, chunki kalendardagi kunni o‘zlashtirib bo‘lmaydi va shu sababli bu kun sovg‘a sifatida berilmaydi. Biroq, endi Enni Idoila davrasida ikkita bayramni - ham Rojdestvoni, ham 13 noyabr, o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlay boshladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.