Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

65-asrdan kelgan odam vaqt mashinasi buzilishi sabab, Yerda qolib ketgan

Vaqt mashinasining buzilishi sababli davrimizda qolib ketgan, o‘zini 6491 yildan kelgan sayohatchi, deb ataydigan Jeyms Oliver sayyoramiz kelajagi, odamlarni kutayotgan ofatlar va o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashuvlar haqida qiziqarli voqealarni aytib berdi. Uning hikoyalaridagi aql bovar qilmaydigani shuki, hatto aldashning iloji bo‘lmagan yolg‘onni aniqlovchi detektor ham buni tasdiqladi.

Jeyms Oliver o‘zini kelajak odami, deb ataydi. Unga ko‘ra, vaqt mashinasining buzilishi sababli vaqt sayohatchisi 2018 yilda Yerda “ushlanib” qolgan. Albatta, hech kim uning hikoyalariga ishonmayapti. Biroq Oliverni yolg‘onni aniqlovchi detektorda sinab ko‘rgan g‘ayritabiiy narsalarni yorituvchi Apex-TV telekanali mutaxassislari hayratda qoldi. Xolis mashina Oliver har bir so‘zida rost gapirayotganini ko‘rsatdi.

Oliverning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda u Yerga qaraganda Quyoshdan uzoqroq joylashgan boshqa sayyorada yashaydi va u yerdagi umr ko‘rish davomiyligi bir nechta asrlarni tashkil etadi.

Shuningdek, u kelajakda Yerdan tashqarida paydo bo‘lgan idrokli hayot shakllari bilan uchrashib, ancha rivojlangan yangi sayyoralarni kashf etadi. U ming yillardan so‘ng global isish natijasida Yerdagi iqlim sezilarli darajada qizishi va Sayyoralar federatsiyasi hukumat bilan birgalikda koinotdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlab, Galaktikadagi tartibni kuzatib boradi, deya ogohlantiradi.

Oliver o‘zga sayyoraliklar va kosmos haqida ko‘p gapiradi. Ammo aniq savollarga javob berishdan bosh tortadi. Masalan, AQShning keyingi prezidenti kim bo‘ladi, degan savolga u “gapirishi kerak bo‘lgan mavzular cheklangan”ligini bildirdi. Biroq barchani hayratga solgan holda yolg‘on detektori uning hamma gaplari haqiqatligini tasdiqladi.

“Vaqt sayohatchisi”ning so‘zlari rost yoki yolg‘onligini bilish uchun yana besh ming yil umr ko‘rishimiz kerak ekan. Darvoqe, tilshunoslarning aytishicha, u Buyuk Britaniyaning Birmingem hududida yashovchilar shevasida gapiradi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.