Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

77 nafar abituriyent test sinovlarida nega qatnashmadi?

Kecha Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida 310 nafar abituriyent qatnashmagani va 5 nafari imtihondan chetlatilgani haqida saytimiz orqali xabar qilgan edik. 

Imtihonning ikkinchi kuni, ya’ni bugun ham birinchi smenaning o‘zida 77 nafar  abituriyent test sinovlarida qatnashmadi. Abituriyentlarning aksariyati imtihonga kelmagan bo‘lsa, ularning ayrimlari belgilangan hujjatlarsiz va aytilgan vaqtdan kechikib kelgani uchun bino ichkarisiga kiritilmadi.

Saytimizni kuzatib boring test sinovlari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz.