Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

8 oy davomida inson huquqlari va erkinliklari himoyasi bo‘yicha 15 mingdan ortiq qonunbuzilish holati aniqlangan

2022 yil 8 oyi davomida inson huquqlari va erkinliklari himoyasi bo‘yicha 2 664 ta tekshirish o‘tkazilib, 15 615 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i Tolibjon Umarov AOKAda bo‘lib o‘tgan  brifingda ma’lum qildi.

Bunda qonunga zid bo‘lgan huquqiy hujjatni bekor qilish hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish borasida 17 449 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 5,7 mlrd. so‘mlik yetkazilgan zarar ixtiyoriy qoplangan, sudlarga qiymati 53,1 mlrd. so‘mlik da’vo arizalari  kiritilgan.

Tahlillar asosida o‘rganilganida, nikohdan ajratish haqidagi 18 ta va farzandlikka olish to‘g‘risidagi 13 ta, jami 31 ta hal qiluv qarorlari qalbakilashtirilganligi holati bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq prokuratura organlari tomonidan 77 nafar bolaga ixtiyoriy ravishda otalikni belgilanishi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar olib berilishi ta’minlandi.