Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

9 dekabr kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkaziladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 2020 yil 3 dekabr kuni “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi 2020 yil 9 dekabr kuni soat 10:00 da chaqirilishi belgilandi.

- viloyatdagi sud organlari faoliyatining 2020 yil 9 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ishlari yuzasidan axborotlari;

- viloyat prokurori R.Masharipovning 2020 yil 9 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti hamda viloyatda yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya, ayniqsa byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish va turli suiiste’molchiliklar bilan bog‘liq holatlarni sohalar va idoralar kesimidagi tahlili;

- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonovning 2020 yil

9 oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi holati va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

- viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti hamda viloyat mahalliy byudjetining 2020 yil kutilayotgan ijrosi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi muhokamasida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining batafsil loyihalarini ishlab chiqish to‘g‘risida axboroti;

- viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborovning viloyatda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan

- chora-tadbirlar to‘g‘risida axboroti;

- viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Shukurovning viloyatda avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ta’mirlash, aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

- viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Jumayevaning viloyatda oilaviy ajralishlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan hisoboti;

- viloyatda “Ayollar” va “Yoshlar” daftarini yuritilishi va ushbu daftarlarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risida;

- viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyozovning viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar axvoli to‘g‘risidagi hamda viloyat Reproduktiv salomatlik markazi direktori U.Boborahimovaning viloyatda aholini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish yuzasidan qishloq shifokorlik punktlarida olib borayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari to‘g‘risida;

- viloyatda 2021 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi viloyat bo‘limi raisi A.Norqo‘ziyevning taqdimoti;

- viloyatda ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.