Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

9-sinf bitiruvchilari diqqatiga!

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli 9-sinf bitiruvchilari uchun yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlardan SamDU akademik litseyida 2020 yil aprel oyida 8 ta fandan onlayn “SamDU olimpiadasi” o‘tkaziladi. Olimpiada 12 aprel kuni - matematika, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan, 19 aprel kuni - fizika, ingliz tili, kimyo fanlaridan, 26 aprel kuni - tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Mart, aprel va may oylari davomida akademik litseyning onlayn olimpiadasi (samdual.uz sayti orqali) o‘tkaziladi.

Ushbu olimpiadalar g‘oliblari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi va akademik litseyga imtiyozli o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Barcha ma’lumotlar akademik litseyning samdual.uz veb-saytida joylashtirilgan. SamDU olimpiadasiga ishtirok etuvchilar 9 aprelgacha ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tuvchilar uchun telefon rakamlar (93) 606-90-60, (66) 232-09-62, 232-40-84.

Manzil: Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy.

Mo‘ljal: SamDTI 1-klinikasi ro‘parasi.