Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

9 ta viloyatda kelasi hafta boshigacha sel kelish xavfi mavjud

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, joriy yilning 18-23 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Ayrim joylarda kuchli jala yog‘ishi kutilmoqda, do‘l ham yog‘ishi mumkin.

18-23 may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Xabarda tog‘oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.