Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Abituriyent ayolni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan OTM o‘qituvchisi ushlandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi shaxs Past Darg‘om tumanida yashovchi 33 yoshli ayolga 4000 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1800 dollar berishini so‘ragan.

Abituriyent ayol 12 iyul kuni Samarqand shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zini oliygoh o‘qituvchisi deb tanishtirgan ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand shahrining Navoiy shohko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda oliygoh o‘qituvchisi arizachidan 1800 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.