Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Adolat» SDP deputatlikka nomzodlarning plakatlaridagi texnik xatoliklar bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi internet tarmog‘ida tarqalgan plakatlardagi texnik xatoliklar bo‘yicha bayonot berdi.

«Adolat» SDP yillar davomida xalqimiz ishonchini qozongan, yuksak bilim va malakaga ega nomzodlarni barcha darajadagi deputatlik o‘rinlari uchun ilgari surmoqda. Ammo ba’zi bir texnik sabablarga ko‘ra, saylovchilarni chalg‘ituvchi xatolar ham o‘tib ketmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar kengashi tomonidan ko‘rsatilgan Yorqin Rasulov va Zaurxan Aliyev kabi nomzodlarning targ‘ibot plakatlarida yuqoridagi kabi texnik kamchiliklar kuzatildi.

Bugungi kun holati bo‘yicha texnik xatolarga ega bo‘lgan plakatlar olib tashlandi va ertaning o‘zidayoq yangi tahrirdagi plakatlar joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Bunday holatlardagi texnik xatoliklarga o‘z vaqtida e’tibor qaratgan bloger va saylovchilarga minnatdorchilik bildirgan holda mazkur holatlardagi xato va kamchiliklar to‘laqonli bartaraf etilishini ma’lum qilamiz. O‘ylaymizki, bunday texnik xatoliklar saylovchilarimizning «Adolat» SDPga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qilmaydi.

O‘zbekiston «Adolat» SDP Toshkent shahar Kengashi axborot xizmati.