Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘oniston ayollariga ko‘chada yuzini ko‘rsatish taqiqi rasmiy tus oldi

Tolibon oliy yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda Afg‘onistonda ayollarga yuzlarini ochib ko‘chaga chiqishni taqiqlovchi farmon chiqardi, deb xabar bermoqda “Al Jazeyera”.

Farmonda aytilishicha, ayollar burqa - tana va yuzni qoplaydigan ustki kiyim kiyishi shart, chunki bu an’anaviy va hurmatga sazovordir.

Farmonni buzganligi uchun javobgarlik ayol otasi yoki boshqa yaqin erkak qarindoshi zimmasiga tushadi: ular ishdan bo‘shatish yoki ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazoga tortiladi.

“Al Jazeyera”ning qayd etishicha, afg‘on ayollarining aksariyati boshlariga ro‘mol bilan o‘rashadi va ko‘pchilik, ayniqsa, shaharlarda yuzlarini ochiq qoldiradi.

2021 yil oxirida Tolibon Fazlni targ‘ib qilish va kurash bo‘yicha vazirlik ayollarga erkak qarindoshi hamrohligisiz 72 kilometran ortiq masofani bosib o‘tishni taqiqlagan edi.