Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘oniston: mehnat haqi o‘rniga oziq-ovqat

Tolibon hukumati Afg‘onistonda ochlik bilan kurashish dasturini ishga tushirib, minglab odamlarga ishchi kuchi evaziga oziq-ovqat taklif qildi.

Bunday tizim mamlakatning yirik shaharlarida joriy etiladi va birgina poytaxt - Kobulning o‘zida 40 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.

Afg‘oniston qashshoqlik, qurg‘oqchilik, elektr energiyasi yetishmasligidan aziyat chekmoqda, mamlakatning iqtisodiy tizimi amalda quladi, oldinda esa qahraton qish kutmoqda.

"Qashshoqlik va ocharchilikning sabablari ko‘p. Birinchisi - butun dunyoga ta’sir ko‘rsatgan COVID-19. Ikkinchisi - Afg‘oniston va mintaqadagi qurg‘oqchilik. Uchinchisi - Afg‘onistonga global yordamning to‘xtatilishi va mamlakat kapitalining xalqaro banklar tomonidan muzlatilishi ”, deydi Qishloq xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Rahmon Rashed.

Vaziyatga "Qizil yarim oy" jamiyati oro kirdi. U Afg‘oniston shimolidagi qochqinlar lagerlariga yordam ko‘rsatmoqda. Xususan, tashkilot 500 ta noilojlikdan o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan oilalarga g‘amxo‘rlik qilmoqda.