Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onistonda dastlabki koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi

Afg‘onistonda koronavirus bilan dastlabki kasallanish holati qayd etildi, bu haqida 1TV News telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Firzuddin Firuz so‘zlariga tayanib xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus alomatlari sezilgan uch kishi Xirot shahrida aniqlangan, o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng ularning biri koronavirus bilan kasallangani tasdiqlangan.

1TV News telekanalining xabar berishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Xirot shahrida favqulodda holat e’lon qilgan.

Shuningdek RIA Novosti nashrining xabariga ko‘ra, 24 fevral holatiga Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 833 nafardan oshgan. Eronda 47 nafarga yetgan, Quvaytda, Bahraynda dastlabki koronavirus holati aniqlangan.

Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirus bilan kasallanganlar sonida pasayish kuzatilgan. Kasallanganlar Xubey viloyatidan tashqari, 11 kishini tashkil etgan. Shu bilan birga so‘nggi 24 soat ichida mamlakatning 24 ta hududida bironta ham yangi kasallanganlar qayd etilmagan.

Xitoyning Xubey viloyatida bir kunda 398 ta yangi kasallanganlar qayd etilib, mamlakat bo‘ylab umumiy 409 kishi koronavirus bilan kasallangan.