Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ahmadjon Muxtorov (1936-2000)

Samarqand shahridagi Lolazor mahallasida tavallud topgan. 1957 yilda O‘zbekiston davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini bitirgan.

“Zarafshon” gazetasida musahhih, tarjimon, adabiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari sifatida ishlagan.

1973 yil 20 iyunda «Zarafshon» gazetasiga bosh muharrir etib tayinlandi. 1986 yildan respublika «Qishloq haqiqati» va «Selskaya pravda» gazetalariga bosh muharrir bo‘lgan. 1991 yil 1 yanvardan “Xalq so‘zi” gazetasi asoschilari qatorida yangi nashrning bosh muharriri vazifasini bajarishga kirishdi.

Publitsistika va jurnalistikada Samarqand maktabini shakllantira oldi, tojik va rus tillaridan ko‘plab badiiy asarlarni tarjima qildi.

Ahmadjon Muxtorov “Gazeta – aql qayrog‘i, ko‘z chirog‘i, til qaymog‘i, yurak qiynog‘i!” degan shior muallifi sifatida unga doim amal qilib yashadi.