Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aholiga zarar yetmadi, biroq ekinlar talafot ko‘rdi: Ishtixondagi sel bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Kecha, Ishtixon tumanidan kelgan videoxabarda tumanning O‘zbekqo‘rg‘on mahallasida sel kuzatilgani haqida aytilgandi. Tuman hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Ishtixon tumani FVB vakillari holatni o‘rganib chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shni Qo‘shrabot va Payariq tumanlarining ba’zi hududlarida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi oqibatida, yomg‘ir suvlari tumandagi O‘zbekqo‘rg‘on mahallasi, Bashir qishlog‘ida soy atrofidagi ba’zi uzumzor va ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

Sel kelishi natijasida aholi xonadonlari zarar yetmagan va fuqarolar hayotiga xavf yuzaga kelmagan”, deyiladi munosabatda.

Hokimlik xabariga ko‘ra, hududda fuqarolarga amaliy yordam berilgan.