Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aholini ogohlantirishning yangicha yondashuv tizimi ish boshladi

Samarqand shahrining turli joylarida elektron “LED” monitorlarida aholining is gazidan zaharlanishini oldini olish borasidagi videoroliklar muntazam namoyish etilmoqda. Bu kabi yangicha yondashuv tashabbusi Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimizda kuz-qish mavsumi boshlanishi bilanoq joriy etildi.

Mazkur videoroliklar mavsumda nosoz isitish vositalaridan foydalanmaslik, tabiiy gazdan, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i mahsulotlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Elektron axborot ekranlarida har 5 daqiqada (kun davomida 144 marotaba) ogohlik roligining efirga uzatilishi shahar aholisi va mehmonlarining e’tiborini maksimal darajada qamrab olishni ta’minlaydi.