Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga kimlar jalb etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan mustaqillik yillarida ilk marotaba aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga kimlar jalb etiladi?

Respublika miqyosida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ishtirok etadi. Hududlarda ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, materiallarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash, dastlabki yakunlarni sarhisob qilish va natijalarni e’lon qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tumanlar va shaharlar statistika bo‘limlari xodimlari jalb etiladi.

Alohida davrlarda normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida shtatda bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassislar vaqtinchalik jalb etiladi.

Aholini ro‘yxatga olishda qaysi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaymiz?

Aholini ro‘yxatga olish  jarayoni qancha muddatni o‘z ichiga oladi?

Bunda, uyma-uy yurgan holda bevosita aholini ro‘yxatga olish jarayonlari amalga oshiriladi va aholi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish 10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham ma’lumotlar aniq bir vaqtda – aholini ro‘yxatga olishning birinchi kunining “0” soatdagi holati bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.

Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish natijasida olinadigan ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bo‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek, davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

J.ULAShEV, Samarqand shahar statistika bo‘limi boshlig‘i,

 D.KARAChAYeV, yetakchi mutaxasissi.