Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Akasini jiyani yordamida o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida sudya T.Qodirov raisligida o‘tgan sud majlisida bulung‘urlik K.B. va M.O.ga nisbatan hukm o‘qib eshittirildi.

Avvalroq sudning qora kursisida o‘tirgan bulung‘urlik bu yigitcha kollejni tashlab Rossiyaga ishlashga ketgani, u yerda topgan puliga aka-uka “Damas” rusumli avtomashina xarid qilgani xaqida xabar qilgandik. Unda shuningdek, K.B. mashinaga to‘la egalik qilish maqsadida o‘z akasini hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan jiyani M.O. bilan birgalikda o‘ldirib, go‘yoki o‘zini osgan degan tasavvur uyg‘otish uchun dala chetida o‘sgan tollarga osib qo‘ygani bayon qilingan edi.

Sud K.B.ga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shishlik yo‘li bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Voyaga yetmagan sudlanuvchi M.O.ga esa 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni tarbiya koloniyalarida o‘tash belgilandi.

O.QODIROV,

jinoyat ishlari buyicha Samarqand viloyati sudi sudyasi katta yordamchisi