Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aldov yo‘li bilan 15 000 AQSh dollarni olgan paxtachilik ayol qo‘lga olindi

Kecha, 27 avgust kuni Samarqand shahar IIBga fermerlik yeridan ajratib, xususiylashtirib beraman deb aldov yo‘li bilan 15 000 AQSh dollarini olgan ayol ustidan ariza kelib tushgan.

Qayd etilishicha, 2018 yil yanvar-may oylarida Paxtachi tumanida yashovchi 40 yoshli G.N. ismli ayol Sartepa maskanida yashovchi 39 yoshli F.O‘. ismli ayolning uyida unga “Akobir Lochinbek” fermer xo‘jaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini xususiylashtirib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan undan 15 000 AQSh dollarini olganligi va bergan va’dasini bajarmay pullarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.N. ushlangan.

Holat yuzasidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.