Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alisher Usmonov Qozog‘istonning nufuzli ordeni bilan taqdirlandi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti, Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi raisi Nursulton Nazarboyev rossiyalik taniqli tadbirkor, USM Holdings egasi, asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovni "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog‘iston birinchi prezidentining matbuot xizmati xabar bergan.

Taniqli tadbirkor Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga munosib hissa qo‘shgani uchun ushbu ordenga munosib ko‘rildi.

"Elboshi, Alisher Usmonovga Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va savdo aloqalarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun "Do‘stlik" ordenini topshirdi", deyiladi xabarda.