Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Alpomish” bolalar oromgohida 165 nafar bola dam olmoqda

Samarqand tumanidagi «Alpomish» yozgi bolalar oromgohida ayni paytda 165 nafar bola dam olmoqda.

– Bolalar uchun ta’tilning eng qiziqarli davri boshlandi, – deydi mazkur maskan rahbari Surayyo Jonuzoqova. – Oromgohimizda bolajonlarning maroqli dam olishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yilgi mavsumda oromgohimizda 660 nafar o‘g‘il-qiz dam olishi rejalashtirilgan. Malakali va faol yetakchilarni jalb etgan holda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun turli ko‘ngilochar dasturlar, sport va badiiy tanlovlar uyushtirish borasida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Kompyuter xonasi, 700 dan ziyod kitob fondiga ega kutubxona, sport maydonchalari hamda cho‘milish havzasi bolalar ixtiyorida.

Baxtiyor Mustanov.