Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Amerikada Samarqand mahsulotlari sotilyaptimi?

Samarqandlik, ammo Amerikada istiqomat qiluvchi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu yurtda O‘zbekiston nomi bilan bog‘liq voqea, holatlarni tarmoqlarga tez-tez joylashtirib turadi.

Yaqinda shunday suratlardan birini Dilbar Yakubova joylashtirgan. Rasmda ko‘rib turganingizday, suratda Nyu-York do‘konlarida Samarqand nomi qo‘llanilgan qator mahsulotlar sotuvda ekanligi aks etgan. Tabiiyki, bu amerikalik ishbilarmonlarning menejment sohasidagi yuqori malakali ekanligidan, ya’ni mijozlarini yaxshi o‘rganishidan dalolat beradi. Chunki Nyu-Yorkning aynan o‘sha, Bruklin shahrida Samarqanddan borganlar ko‘pchilikni tashkil etadi va “Samarqand” yozuvi ularni mijoz sifatida ohanraboday tortishini ular biladi.

Ammo shu o‘rinda bu borada mutaxassislarning fikrini bilmoqchi edik. Samarqand yozuvini brend sifatida ishlatishga ularning huquqiy asosi bormikan? Nima deysiz?

G.MO‘MINOVA.