Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sohibqiron Amir Temur 1395 yilda rus yerlariga hujum qilmasdan nega ortga qaytgan?

1395 yilda yengilmas sarkarda Amir Temur rus yerlari chegarasiga o‘z qo‘shini bilan yetib keldi. Agar Temur hujum boshlaganida, bu holat yosh Moskva knyazligi uchun achinarli yakunlanishi mumkin edi va butun Rossiya taqdiri qil ustida turardi...

Amir Temur uzoqni ko‘ra oladigan va iqtidorli sarkarda edi. U doim hissiyotga berilmasdan, mantiqqa tayanib qaror qabul qilgan. O‘z zamonining jismonan zabardast va baquvvat vakillaridan bo‘lgan. Uning suyaklari va bosh chanog‘i o‘rganilganda, 68 yoshda vafot etgan Sohibqironning biologik holati 50 yoshni ko‘rsatgan.

Insoniyat tarixida Amir Temur eng o‘lkan saltanatlardan biriga asos solgan. Uning saltanati 4,4 million kvadrat kilometrni egallagan va bu hududda 40 milliondan ortiq odam yashagan. Bu ko‘rsatkich o‘sha davrdagi yer yuzi aholisining teng yarmi edi.

Nega Amir Temur Rossiya tomon qo‘shin tortib bordi?

Temur va uning bolalikdagi do‘sti To‘xtamishxon o‘rtasida kuchli adovat yuzaga kelgandi. Bir vaqtlar Temur To‘xtamishxon bilan qalin do‘st edi. U To‘xtamishxonning Oltin O‘rdaga hukmdor bo‘lishiga yordam berdi. Biroq To‘xtamishxon do‘stlikka hiyonat qildi va qo‘shin to‘plab Temur yerlariga hujum boshladi.

1395 yilda Temur To‘xtamishxon qo‘shinini yengdi. Mag‘lubiyatga uchragan To‘xtamishxon Litov-Rus yerlarida yashirindi. O‘z navbatida, Temur dushmanini Rus yerlarigacha quvib keldi. Temur Rus knyazliklari chegarasiga 400 ming jangchi askar bilan kelgandi. O‘sha davrda butun Rusda hammasi bo‘lib 2 milliondan ortiq aholi yashardi. Ularning jang qilishga qodir askarlari bir necha o‘n mingni tashkil qilardi, xolos.

Rus qarshilik ko‘rsatishga qodirmidi?

1395 yilda Ruslar mamlakati nochor ahvolda edi. To‘g‘ri, ular 1380 yil Kulikov jangida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba quchishgandi. Ammo o‘sha g‘alabadan so‘ng ular To‘xtamishxon tomonidan uyushtirilgan hujumlar va bosqinlar oqibatida kuchsizlanib qolgandi.

Amir Temurning Rusga yurishi juda kam davom etdi. U Ryazan knyazligiga hujum qilib, Yelets shahrini bosib oldi. So‘ng Yelets shahri yonida ikki hafta qolib, kutilmaganda Samarqandga qaytib ketdi.

Agar Temur ortga qaytmaganda nima bo‘lardi? Avvalo, Rus achinarli ahvolda qolardi. 1395 yilda Rus jang qilish uchun judayam kuchsiz edi. Hatto Temurga qarshi tura olganida ham u ilgarigidek bo‘la olmasdi. Rus knyazlariga yordamga To‘xtamish tomonidan yuborilgan Litov knyazi Vitovt kelayotgan edi. Agar birlashgan qo‘shin Temurga qarshilik ko‘rsata olgan taqdirda, Vitovt Litvaga hukmdor bo‘lardi va Novgorod, Moskva knyazliklari yagona uch slavyan mamlakatiga aylanishi mumkin edi.

Rus mamlakatini nima saqlab qoldi?

Temur nima sababdan ortga qaytib ketganini tarixchilar uning saltanatida avj olgan qo‘zg‘olonlar bilan izohlashadi. U bosib olgan kam sonli xalqlar doimiy ravishda Temurga qarshi bosh ko‘tarishgan. Shu sababdan sarkarda ortga qaytgan bo‘lishi mumkin? Rus Temur uchun strategik muhim hudud hisoblanmagan. To‘xtamishni jazolashni u keyinga qoldirgan bo‘lishi taxmini ham yo‘q emas.

Yana bir rivoyatga ko‘ra, Temurning tushiga Bibi Maryam (Iso Masih (s.a.v)ning onasi) kiradi va rus xalqiga teginmasligini. Rus uning xalqi (uning himoyasida) ekanligini aytadi.

Temur qo‘shinini ortga qaytarib ketadigan kuni kechasi (1395 yil 26 avgust) Moskvaga Vizantiyadan sovg‘a sifatida yuborilgan Bibi Maryam ikonasi - haykalchasini olib kelishadi. O‘shandan buyon mazkur haykalcha Moskva himoyachisi sifatida ulug‘lanadi. Ayni vaqtda o‘sha haykalcha Rossiyadagi Tretyakovskiy cherkovi muzeyida saqlanmoqda.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.