Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Andijonda MIB xodimi yog‘och bilan kaltaklandi

Andijon shahrida elektr energiyasidan qarzdor shaxs MIB xodimini urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida fuqaro O.S.ning elektr energiyasidan qarzdorligi aniqlangan. Shu sababli yashash xonadonini tarmoqdan uzish chorasi ko‘rilgan. Biroq qarzdor MIB Andijon shahar bo‘limi davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, 1 nafarini yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 noyabrda Andijon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.