Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Angrenda poyezd va uchta mashina to‘qnashuvi natijasida ikki kishi vafot etdi

Bugun, 10 sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘li 173-kilometrining “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq kon metallurgiya kombinati boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l shoxobchasi (pod’yezdnoy put) kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi sodir bo‘lgan.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli d/r 01 506 CGA yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchi  A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 173-kilometrida xaydab ketayotib, yuk vagonlarini tortib ketayotgan teplovozning  8-vagoniga urilgan.

Oqibatda vagonlarning 2 tasi izidan chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan “Damas” rusumli, d/r 50 W 363 MA davlat raqamli avtomobilni bosib qolgan.

“Damas”da bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan. 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Shuningdek, “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.