Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Antiqa qotillik: Toshkentda yashnab turgan daraxtlarni qasddan quritishga harakat qilingani haqidagi xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda daraxtlarni quritish uchun har kuni ular ostiga yoqilg‘i quyilayotgani aytilmoqda.

Jumladan, tarmoqdagi murojaatlardan birida “Katta Mirobod mahallasida daraxtlar o‘ldirilmoqda. Har kuni ertalab va kechqurun daraxt ostlariga dizel yoqilg‘isi quyiladi!" deya bong urilgan.

Ekologiya qo‘mitasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, holat tasdiqlangan.

“Toshkent shahri, Mirobod tumani, Katta Mirobod mahallasi hududida "Daraxtlar vahshiylarcha o‘ldirilmoqda" sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan tezkorlik bilan ishchi guruhi tuzilib, qayd etilgan manzilda atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi. Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, mavjud daraxtlarni sun’iy ravishda quritishga urinish o‘z tasdig‘ini topib, dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborildi”, deyiladi munosabatda.