Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh Kongressmenlari Trampni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi

AQSh Kongressi vakillari palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi demokrat Eliot Engel va qo‘mitaning katta respublikachisi Maykl Makkol AQSh Prezidenti Donald Trampni Moskvada bo‘lib o‘tgan namoyishlarda “inson huquqlarining qo‘pol buzilganligi” uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi. Mazkur xabar Eliot Engel saytida chop etildi.

Xususan, Amerikalik siyosatchilarning fikriga ko‘ra, kongressmenlar sanksiyalarni huquqbuzarliklarga mas’ul bo‘lgan muayyan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishini so‘rashgan.

So‘ngi ikki oy ichida Rossiya poytaxti Moskvada Mosgordumada o‘tkaziladigan saylovlar bilan bog‘liq bir necha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tganini eslatib o‘tamiz. Ularning ba’zilari hukumat roziligi bilan tinch o‘tgan, biroq ba’zi namoyishlar qonuni buzilgan holda o‘tkazildi. Natijada aynan shunday namoyishlar hibsga olinishlar, shuningdek, politsiya xodimlariga nisbatan ko‘plab noma’qul harakatlar bilan tugagan.