Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol sotmoqchi, Xitoy bundan g‘azabda

AQSh Davlat departamenti Tayvanga umumiy qiymati 1,1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan qurol-yarog‘ savdosi bo‘yicha kelishuvga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Pentagon tarkibiga kiruvchi AQSh mudofaa hamkorligi agentligi.

Agentlik tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, agar bu kelishuv yakuniy ma’qullansa, u 85,6 million dollarlik 100 dona «havo-havo» raketalari, 60 dona kemaga qarshi raketalari va 355 million dollar miqdoridagi "tegishli uskunalar"ni yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Davlat departamenti radar stansiyalari uchun 655,4 million dollar miqdoridagi shartnomani uzaytirish uchun “yashil chiroq yoqdi”.

O‘z navbatida Xitoy AQSh tomonidan Tayvanga qurol sotilishini qoraladi: “Xitoy AQSh tomonini o‘z majburiyatlarini bajarishga, “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy-AQSh qo‘shma kommyunikesiga qat’iy rioya qilishga, AQSh-Xitoy munosabatlariga zarar yetkazmaslik, dunyo va Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlik uchun Tayvan bilan qurol-yarog‘ savdosi va harbiy aloqalarni to‘xtatishga chaqiradi.Xitoy vaziyatdagi so‘nggi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qat’iy qonuniy va zarur javob choralarini ko‘rish niyatida”, dedi Xitoyning Vashngtondagi elchixonasi diplomatik missiyasi vakili.

Qo‘shma Shtatlar turli darajalarda "yagona Xitoy" siyosatini olib borish tarafdori ekanligini aytmoqda. Shu bilan birga, AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi bir kun avval bo‘lib o‘tgan brifingda jurnalistlarga AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifidan so‘ng orol yaqinida Xitoyning harbiy faolligi kuchayganligi sababli Vashington Tayvanga “xavfsizlik yordami” ko‘rsatishda davom etishini tasdiqladi.

Tayvan masalasi 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilinganda va Xitoy Gomindan partiyasining bir qismi Tayvan oroliga joylashib, orolni Tayvandagi Xitoy Respublikasi deb ataganda alangalandi. Pekin “yagona Xitoy tamoyili”ni ta’kidlamoqda, unga ko‘ra, Tayvan masalasida XXR va Xitoy Respublikasini bir vaqtda tan olish mumkin emas. Shu bilan birga, deyarli barcha yirik shtatlarning Taybeyda norasmiy madaniy va iqtisodiy idoralari mavjud.