Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh uch davlat bilan boshpana berish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qiladi

Amerika Qo‘shma shtatlari sobiq prezidenti Donald Tramp davrida Salvador, Gvatemala va Gonduras bilan imzolangan boshpana to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomalariga amal qilishni to‘xtatdi va ularni bekor qilish tartiblarini boshladi, dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken.

«Qo‘shma Shtatlar Salvador, Gvatemala va Gonduras bilan boshpana berish to‘g‘risidagi shartnomani Prezident Jo Bayder tomonidan taklif qilingan mintaqada yanada keng ko‘lamli hamkorlik va o‘zaro munosabat yo‘lidagi birinchi aniq qadam sifatida to‘xtatib qo‘ydi va bekor qilish harakatida», deyiladi davlat departamenti bayonotida.

AQShda emas, balki ushbu mamlakatlarda boshpana bilan ta’minlanishini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olgan ushbu hujjat kuchi darhol to‘xtatiladi va ushbu qaror to‘g‘risida zikr etilgan davlatlar hukumati xabardor qilingan, dedi u. Ayni paytda faqat Gvatemala bilan kelishuv to‘xtatildi, qolgan ikki davlatda endi kuchga kiradi.

«Shubhasiz, bu harakatlar AQSh chegarasi ochiq, degani emas. Bu yerda va mintaqada himoya va imkoniyatlar uchun qonuniy yo‘llarni kengaytirish majburiyatini olgan Qo‘shma Shtatlar chegara va qonunlarga rioya qilish zarur bo‘lgan mamlakatdir», dedi davlat kotibi Blinken.