Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh vakillari palatasi spikeri Pelosi Tayvanga tashrif buyursa Xitoy chora ko‘rishga va’da bermoqda

Pelosi esa allaqachon Malayziyada, u yerdan Tayvanga borishi kutilmoqda.

Agar AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, Xitoy o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, dedi Xitoyning BMTdagi vakili Chjan Jun brifingda.

Pelosi o‘zining Osiyo turnesini o‘tgan haftada boshladi, jumladan Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Singapurga. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari rasmiyning Tayvanga ham tashrif buyurish niyati haqida ko‘p yoza boshladi. Uning o‘zi xavfsizlik talablariga binoan bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey rasmiyning orolga tashrifi “yagona Xitoy” tamoyilini buzishi, harbiy sohadagi munosabatlarga putur yetkazishi va vaziyatning keskinlashuviga olib kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Xitoy armiyasi buni qo‘llarini qovushtirib kuzatmaydi va tashqi aralashuvni to‘xtatish uchun barcha choralarni albatta ko‘radi”.

Vashington va Pekin munosabatlaridagi Tayvan masalasi Ukrainadagi vaziyat fonida alohida ahamiyat kasb etdi. Xitoy tarixiy va siyosiy sabablarga ko‘ra hech qanday o‘xshashlik o‘rinli emasligini ta’kidlab, ichki ishlarga aralashmaslikni talab qilmoqda.

Tayvanning China Times gazetasining yozishicha, Pelosi soat taxminan bugun 21:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da Tayvanga uchadi. Ayni paytda u Malayziyada to‘xtagan.