Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShda 136 yo‘lovchisi bor Boeing 737 ni suvga qo‘ndirishdi

Gollivud ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Gudzon uzra parvoz" filmini eslaysizmi? Film bosh qahramoni bo‘lgan uchuvchi yo‘lovchilar bilan liq to‘la bo‘lgan samolyotni majbur bo‘lib Gudzon daryosiga qo‘ndiradi. AQShda kecha, 4 may kuni shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan.

Uchuvchilar Floridada Boeing 737 samolyotini daryoga qo‘ndirishgan.

Bu haqda AQSh Harbiy Dengiz Kuchlari Bosh qo‘mondonligining tvitterdagi akkauntida berilgan xabarga tayanib lenta.ru xabar berayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 136 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aksariyati harbiylar va ularning oila a’zolari bo‘lgan. Hodisa natijasida hech kim halok bo‘lmagan va og‘ir jarohatlanmagan. 21 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Samolyot Miami Air aviakompaniyasiga qarashli bo‘lib, Jeksonvill shahridan AQShning  Kubadagi Guantanamo harbiy bazasiga qarab tijoriy reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan biroz o‘tib daryoga qo‘ngan.

"AQSh hukumati sodir bo‘lgan ish yuzasidan surishtiruvlarni allaqachon boshlab yuborgan. Yaqin orada uchuvchilar samolyotni nega suvga qo‘ndirganlariga oydinlik kiritiladi" deyiladi xabarda.