Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShda “COVID-19”ga qarshi emlangan onadan antitanachali chaqaloq tug‘ildi

Homiladorlik paytida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan AQShning Florida shtati tibbiyot xodimi “COVID-19” antitanachali farzandni dunyoga keltirdi, bu ma’lum bo‘lgan birinchi holat, deyishadi mahalliy olimlar.

Pediatrlar Pol Gilbert va Chad Rudnikning so‘zlariga ko‘ra, Palm-Bich okrugidagi tibbiyot xodimi 36 haftalik homiladorlik paytida Moderna vaksinasi birinchi dozasini olgan. Uch hafta o‘tgach, yanvar oyi oxirida u qiz farzand ko‘rdi. Shundan so‘ng mutaxassislar uning qon tahlilini o‘rganishdi.

"Biz homiladorlik paytida yuboriladigan boshqa vaksinalarda ro‘y bergani kabi antitanachani onadan bolaga o‘tishini aniqlash uchun chaqaloqning kindik ichakchasini tekshirdik, - dedi pediatr Gilbert mahalliy WPBF telekanaliga. - Bolada “COVID-19”ga qarshi antitanachalar borligi aniqlandi. Bu dunyodagi emlashdan keyin antitanachali tug‘ilgan birinchi chaqaloqdir", dedi Gilbert.

O‘z navbatida, pediatr Rudnik yaqin oylarda "minglab emlangan onalardan antitanachali bolalar tug‘ilishini" aytdi.

Olimlar o‘z tadqiqotlarini fevral oyida maqolada yoritishdi, ilmiy maqola medRxiv veb-saytida ham e’lon qilindi va xulosalar mutaxassislar tomonidan tadqiq qilinishini talab etadi.

G.Xoldorova tayyorladi.