Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShda keng ko‘lamli iqtisodiy inqiroz boshlandi

Bu haqida Amerikaning eng yirik investitsiya banki Bank of America e’lon qildi.

Moliyaviy tashkilotning yetakchi tahlilchisi Mishel Meyerning so‘zlariga ko‘ra, Amerika iqtisodi retsessiyadan (iqtisodiy pasayish) qutula olmadi. Inqirozning asosiy sababi deb koronavirus pandemiyasi ko‘rsatilmoqda.

Meyer Amerikada ishsizlik soni ortishini taxmin qilmoqda. Jumladan, uning fikriga ko‘ra, ikkinchi chorakda ishsizlar soni oyiga bir millionga oshadi. Umimiy holatda ishsizlar soni 3,5 million nafarni tashkil etadi.

Bank of America mutaxassislarining taxminiga ko‘ra, mazkur inqiroz kuchli bo‘lmaydi va qisqa muddatda nihoyasiga yetadi.

“Qulash (yalpi ichki mahsulot) o‘ta kuchli bo‘lishiga qaramasdan, bizning fikrimizcha, u uzoq davom etmaydi”, dedi Meyer.