Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShda noma’lum shaxs gavjum ko‘chada odamlarga o‘t ochdi, qurbonlar bor

Kaliforniya shtati markazi Sakramentoda sodir bo‘lgan otishmada olti kishi halok bo‘ldi, o‘n kishi yaralandi. Voqea sodir bo‘lgan hudud o‘rab olingan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishma tungi klublar mavjud ko‘chada soat 02:00 atrofida sodir bo‘lgan.

 Guvohlarning aytishicha, o‘q otgan odam yolg‘iz bo‘lgan, ammo sheriklar bo‘lgan versiya ham ko‘rib chiqilmoqda.

 Sakramento meri o‘z Twitterida sodir bo‘lgan voqeadan hayratda qolganini bildirib, “qurol zo‘ravonligining ko‘payishi shahrimiz, shtatimiz va mamlakatimiz balosi. Men uni kamaytirishga qaratilgan barcha harakatlarni qo‘llab-quvvatlayman”, deya qo‘shimcha qildi.

 Bir oy oldin shaharda yana bir fojia yuz bergan edi. Ota o‘zining uch qizi va ularning kuzatuvchisini, keyin esa o‘zini o‘ldirgandi.