Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodi ma’lum qilindi

AQSh Prezidenti Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini ko‘rsatdi.

Oq uy buni 20 may kuni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Amerika ovozi” nashri. 

Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Henik to‘liq tasdiqlanguncha Rozenblum vazifasida davom etadi.

Nyu-Yorkda ulg‘aygan Henik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat edi. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishda uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga bosh-qosh bo‘lgan.

Ayni damda Henik AQSh Mudofaa universitetining Kiber xavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas’ulidir. Diplomat dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkir mutaxassis sanaladi.