Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Arizona universiteti bilan hamkorlik ishlari muhokama qilindi

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida universitet rektori Yusuf Abdullayev Arizona universitetining (AQSh) Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo dasturlari direktori Tolga Turker hamda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha dasturlar direktori Lyudmila Clarkelar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari, xalqaro ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan muhim jihatlar xususida so‘z yuritildi. Uchrashuvda tomonlar xalqaro o‘quv jarayonlari va ilg‘or tajribalar, innovatsiyalarni ikki davlat oliy ta’lim tizimiga keng joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashdilar, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga doir zarur takliflarni kiritdilar.

Uchrashuv yakunida Arizona universiteti vakillari Samarqand xalqaro texnologiya universitetining istiqbolli muhandislik dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Arizona universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlansa, kelajakda 2+2, 3+1 dasturlari orqali talabalar qabul qilinadi va Amerikada o‘qishni istovchi yoshlarga imkoniyat eshiklari ochiladi.

Ma’lumot uchun: Arizona universiteti AQShning Arizona shtati Tucson shahridagi davlat ilmiy-tadqiqot universitetidir. Unga 1885 yil 12 martda asos solingan, bu Arizona hududidagi birinchi universitet hisoblanadi. Hozirda mazkur universitetda 49 471 nafar talaba bilim olmoqda.