Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Arzon uy-joy uchun kreditning imtiyozli davri qisqartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan (hozirga qadar 3 yillik), birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz, keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida (hozir 16 foiz) beriladi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab esa 1 yillik imtiyozli davr bilan, birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.