Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Atambayevning rafiqasi “marshrutka”da yurishi qizg‘in muhokama qilinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston sobiq prezidentining rafiqasi Raisa Atambayeva jamoat transportida yurishi tasvirga olingan suratlar paydo bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Xabarda yozilishicha, suratlarda Atambayeva jamoat transporti bekatida turgani va “marshrutka”da o‘tirgani aks etgan.

Qirg‘izistonliklar ushbu surat ostida ko‘plab izohlar yozishmoqda.

Aksariyat foydalanuvchilar bu “xalq bilan yaqinlik” sobiq prezidentning mol-mulki hibsga olinish bilan bog‘liq, degan taxmin qilishdi.

Bu suratlar yuzasidan Almazbek Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayeva ehtimol ishga ketayotganda tasvirga olingan. Chunki u Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasida dars berishda davom etmoqda. Maslahatchi Atambayevaning jamoat transportida yurishi mol-mulk hibsga olinishi bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.