Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtomashina salonidan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 9 sentyabr kuni Samarqand shahridagi Kimyogarlar qo‘rg‘onida yashovchi 35 yoshli F.I. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, 6 sentyabr kuni Farovon mahallasi Ogahiy ko‘chasida “Damas” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirgani oqibatida noma’lum shaxs mashina salonida bo‘lgan 2 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahar Navoiy shoh ko‘chasida yashovchi 39 yoshli A.T. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.