Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida “Damas” rusumli avtomobil yonib ketdi

Joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 15:09 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Oltin dala MFYda joylashgan «Imkon servis» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hududida “Damas” rusumli avtomobilda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Yong‘inni bartaraf etishga 1 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma voqea joyiga 2 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:13 da qurshab olinib, soat 15:16 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘inning keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hodisa oqibatida fuqaro X.J.ga tegishli “Damas” to‘liq yonib zararlangan.

Yong‘inga avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.