Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ayni vaqtda Samarqandda "DISCOVERING UZBEKISTAN" birinchi turistik anjumani bo‘lib o‘tmoqda

Anjumanda xalqaro aviakompaniyalar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, shuningdek, diplomatik korpus, vazirliklar, idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur konferensiyaning maqsadi "O‘zbekiston" deb nomlangan sayyohlik mahsuloti, mamlakatimizni xorijiy sayyohlar uchun ochish va turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Viloyat turizm boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, konferensiya doirasida sohadagi muammoli masalalarni muhokama qilish, xorijiy sayyohlar uchun ideal sayyohlik paketlarini yaratish formulasini olib chiqish, har bir mintaqani va turizmning barcha turlarini namoyish etish, O‘zbekiston aeroportlarining imkoniyatlari va Yevropa, Osiyo va Arab mamlakatlariga aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish rejalari bo‘yicha ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.

Anjuman Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, "Uzbekistan Airports" AJ hamda "Air Marakanda" aviakompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan.